Krishtianu Ronaldu Yevropaning top-klublariga taklif qilinmoqda

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz jamoasini o'zgartirishi ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning yetakchi klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligi mijozlari qatorida ko'rsatilgan.
Ronaldu bilan «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!