Ronalduni Yevropa grand klubiga qaytarish uchun qoʻngʻiroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni yumshatib, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduzli portugaliyalik klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh allaqachon Yevropaning top klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduga yozgi transfer oynasida shartnoma taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar fonida Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu hanuz Mendesh agentligi mijozlari qatorida.
Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!