Ikardi Eyu'pspor darvozasiga uch gol urib rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida G'alatasaray Eyu'psporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u het-trik qayd etib, klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi.
Ikardi bu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Georxe Hajini ortda qoldirdi: Haji G'alatasaray safida 75 gol urgan bo'lsa, Maurning hisobidagi gollar soni 76 taga yetdi. Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa argentinalik 7-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon G'alatasaray sharafini himoya qilib keladi. U bungacha PSJda to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing