Ikardi het-triki Galatasaroyning tarixiy rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaroy» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uchta gol urib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikardining ushbu het-triki «Galatasaroy» tarixidagi xorijlik futbolchilar orasida eng yaxshi to'purar bo'yicha yangi rekordni ham ta'minladi. U ruminiyalik Georhe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 gol bo'lgan bo'lsa, Ikardi endi 76 gol bilan birinchi o'ringa chiqdi.
Klubning barcha davrlardagi eng sermahsul to'purarlar ro'yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaroy» safida to'p suradi, avvalroq u «PSJ» sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!