date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning tanaffus olishini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning tanaffus olishini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o‘yinda nega maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu uchrashuvda ham u tarkibda bo‘lmaydi.

“Jadval juda tig‘iz. Shuning uchun Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o‘yin bor”, — deya Jezushning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u avval ham Saudiya Arabistoni tashqarisidagi uchrashuvlarda bir necha bor qatnashmagan.

Saudiya Pro-ligasida “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning tanaffus olishini aytdi