Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik yulduz forvard tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u tarkibda bo‘lmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibning yana bir qator futbolchilariga dam berishni ma’qul ko‘rgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turganini alohida qayd etdi.
Shuningdek, Al Nassr Zone Jezushning so‘zlarini keltirar ekan, Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi klub uchun yangi holat emasligini ham eslatdi.
Saudiya Pro-ligasidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» bahsi shanba kuni, 14 fevralda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!