date

Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirib, boykotdan so'ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes yozgi transfer oynasi arafasida Yevropaning top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Ronaldu «Manchester Yunayted»ni tark etganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgan edi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozlaridan biri sifatida ko'rsatilgan.

Hozirda Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu uchun Yevropaning top klublariga qo'ng'iroqlar boshlandi