Mali bosh murabbiyi Rossiya bilan o‘yin haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Matbuotda Rossiya terma jamoasi bahorda Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Hozircha Rossiya futbol ittifoqi bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu fon’da Mali terma jamoasi bosh murabbiyi Tom Sainfiet ehtimoliy bahs yuzasidan fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, u hozircha Rossiyaga qarshi o‘yin bo‘yicha rasmiy tasdiq olmagan.
“Bu uchrashuv bo‘lishi mumkinligi haqida gaplar bor, ammo men hozircha aniq bilmayman”, — deya Sainfietning so‘zlarini keltiradi “Match TV”.
Avvalroq Rossiya va Mali 27 mart kuni Krasnodarda o‘ynashi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi qariyb to‘rt yildan beri UEFA va FIFA sanksiyalari ostida qolmoqda. Shu sababli jamoa hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!