Ikardi «Eyupspor»ga uch gol urib klub rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u xet-trikka erishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga «Galatasaray» tarixida eng ko‘p gol urgan legioner maqomini olib keldi. U ruminiyalik Gheorghe Haji (75 gol) natijasini ortda qoldirib, hisobini 76 taga yetkazdi.
Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog‘onada bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Mauro 2023 yildan beri «Galatasaray» safida to‘p suradi, bungacha u «PSJ» sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing