date

Ronalduni Yevropaning top klubiga olib kelishmoqchi

Ronalduni Yevropaning top klubiga olib kelishmoqchi

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduzli portugaliyalik klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes Yevropaning top klublariga qo‘ng‘iroq qilib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Ronalduning «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduni Yevropaning top klubiga olib kelishmoqchi