Mali murabbiyi Rossiyaga qarshi o'yin haqidagi xabarga izoh berdi

So'nggi kunlarda matbuotda Rossiya terma jamoasi bahorda Mali bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Hozircha Rossiya futbol ittifoqi bu ma'lumotni rasman tasdiqlagani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu fon’da Mali terma jamoasi bosh murabbiyi Tom Sainstfit ehtimoliy bahs yuzasidan fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, u Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha hali rasmiy tasdiq olmagan, o'yin bo'lishi mumkinligi haqida gaplar bor, ammo hozircha aniq ishonchi yo'q.
Avvalroq manbalarda Rossiya va Mali 27 mart kuni Krasnodarda maydonga tushishi mumkinligi qayd etilgandi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi qariyb to'rt yildirki UEFA va FIFA sanksiyalari ostida bo'lib, shu sabab faqat o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkaza oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!