Mali murabbiyi Rossiyaga qarshi o'yin haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Kecha OAVda Rossiya terma jamoasi bahorda Mali bilan maydonga tushishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Rossiya futbol ittifoqi hozircha bu ma'lumotni rasman tasdiqlagani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada Mali terma jamoasi bosh murabbiyi Tom Sainfiet ehtimoliy uchrashuv bo'yicha fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, u Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini yuzasidan hali rasmiy tasdiq olmagan.
"Biz bu o'yinni o'tkazishimiz haqida ma'lumot bor, lekin hozircha aniq ishonchim yo'q", — deya Sainfietning so'zlarini keltiradi "Match TV".
Avvalroq Rossiya va Mali terma jamoalari 27 mart kuni Krasnodarda o'ynashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi UEFA va FIFA sanksiyalari sababli qariyb to'rt yildan beri faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!