date

Markinyos Saudiya Arabistoniga emas, faqat Qatarga ko‘chmoqchi

Markinyos Saudiya Arabistoniga emas, faqat Qatarga ko‘chmoqchi

Rossiyalik futbol ishqibozlari uchun Saudiya Arabistoni ham, Qatar ham bir xil — Sharqona ekzotika bo‘lib ko‘rinadi. Biroq braziliyalik Markinyos bu ikki yo‘nalishni qat’iy ajratadi: u Saudiya Arabistoniga borishni mutlaqo istamayapti, Qatar variantiga esa rozilik bildirganini fransuzning L'Equipe nashri yozmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli tajribali himoyachi 2013 yildan beri PSJ safida to‘p suradi. Parij klubida undan ko‘proq yildan beri jamoada qolgan futbolchi hozircha yo‘q.

Markinyos avvalroq Braziliyaning “Korintians” hamda Italiyaning “Roma” klublari sharafini ham himoya qilgan. U Braziliya milliy jamoasi tarkibida 95 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Markinyos Saudiya Arabistoniga emas, faqat Qatarga ko‘chmoqchi