Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan so'ng yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida gaplar chiqqan edi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hamon Mendes agentligi mijozlaridan biri sifatida ko'rsatilgan.
Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!