date

Agent Djikiya klubini o'zgartirishi mumkinligini aytdi

Agent Djikiya klubini o'zgartirishi mumkinligini aytdi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so'zlariga ko'ra, Djikiya maosh kechikayotgani sabab Turkiyadagi vaziyatdan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasidagi klublar variantlarini ko'rib chiqmoqda. Unga ko'ra, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlanib kelmoqda, qolgan jihatlarda esa futbolchi Turkiyada hammasidan mamnun.

32 yoshli himoyachi o'tgan yozda Antalyaspor safiga qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Agent Djikiya klubini o'zgartirishi mumkinligini aytdi