Ueyn Runi Arne Slotning Liverpulga mos emasligini aytdi

Angliya futboli afsonalaridan biri Ueyn Runi «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Runi eslatishicha, niderlandiyalik mutaxassis Angliyadagi ilk mavsumida «qizillar»ni Premyer-liga chempionligiga olib chiqqan. Biroq joriy mavsum «Liverpul» uchun unchalik omadli kechmayapti: 26 turdan so‘ng jamoa turnir jadvalida faqat 6-o‘rinda bormoqda.
«Slot bilan bir necha bor uchrashganman, u yoqimli insondek tuyuladi. Ammo menimcha, unda «Liverpul»ga xos o‘sha aura yetishmaydi. Balki bu Yurgen Klopp davrining ta’siridir — shunday bosqichdan keyin har kimga ham oson bo‘lmaydi», — deya Runi so‘zlarini The Anfield Buzz keltiradi.
Ma’lum qilinishicha, Arne Slotning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!