Markinyos Saudiya emas faqat Qatarga ko‘chishga rozi

Rossiyalik ko‘plab futbol muxlislari uchun Saudiya Arabistoni bilan Qatar bir-biriga juda o‘xshash ko‘rinsa-da, PSJ himoyachisi Markinyos bu ikki yo‘nalishni qat’iy ajratmoqda. Fransiyaning L’Equipe nashri yozishicha, braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoniga borish variantini umuman xohlamaydi, biroq Qatar taklifiga ijobiy munosabat bildirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Markinyos 2013 yildan buyon PSJ safida o‘ynab kelmoqda va hozirgi tarkibda klubda shuncha uzoq qolgan boshqa futbolchi yo‘q.
Faoliyati davomida u Braziliyaning “Korintians” hamda Italiya “Roma”si sharafini ham himoya qilgan. Markinyos Braziliya terma jamoasi tarkibida 95 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing