date

Runi Slotning Liverpulga mos emasligini izohladi

Runi Slotning Liverpulga mos emasligini izohladi

Angliya futboli afsonalaridan biri Ueyn Runi «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Slot Angliyadagi ilk mavsumidayoq «qizillar»ni Premyer-liga chempionligiga olib chiqqan edi. Biroq joriy mavsum unchalik muvaffaqiyatli kechmayapti: 26 turdan so‘ng jamoa turnir jadvalida faqat 6-o‘rinda bormoqda.

Runi Slot bilan bir necha bor uchrashganini aytib, uning inson sifatida yoqimli ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay, sobiq hujumchi niderlandiyalik mutaxassisda «Liverpul»ga xos bo‘lgan o‘sha “aura” yetishmasligini qayd etdi va buni Yurgen Klopp davridan keyingi bosim bilan ham bog‘ladi.

Arne Slotning «Liverpul» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Runi Slotning Liverpulga mos emasligini izohladi