Ronaldu Yevropaning top-klubiga qaytishi mumkin, qo'ng'iroqlar boshlandi

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan munosabatlarni yumshatdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shish variantini taklif qilmoqda.
Bir necha yil avval OAVda Ronalduning «Manchester Yunayted»dan ketishi ortidan kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma'lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozi sifatida ko'rsatilgan.
Ronaldu bilan «An-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!