Runi Manchester Yunaytedga aynan Karik kerakligini aytdi

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi klubda vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Maykl Karikning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Runi fikricha, “qizil iblislar” murabbiylar almashinuvi borasida allaqachon ko‘p yo‘l bosib bo‘lgan: jamoa avvalroq Mourinyo, ten Hag va Amorim kabi nomlar bilan ishlagan. Shu bois u hozirgi vaziyatda Karikni jamoa boshida qoldirish mantiqan to‘g‘ri qaror bo‘lishini ta’kidladi. ESPN keltirgan iqtibosda Runi Karik o‘yinni tartibga solgani, jamoani tinchlantirgani va mavjud tarkibni yaxshi boshqarayotgani haqida gapiradi.
APLda 26 turdan so‘ng “Manchester Yunayted” 45 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida beshinchi pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!