Ronaldu yozda Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan munosabatlarni tiklab, boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda yulduzli portugaliyalik klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh allaqachon Yevropaning top klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronalduni yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyingi kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida ko‘rsatilgan.
Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!