date

Ronaldu Yevropa grandi safiga qaytishi mumkinligi muhokamada

Ronaldu Yevropa grandi safiga qaytishi mumkinligi muhokamada

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli hamon kun tartibida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendesh Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli hujumchini yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Mendesh bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendesh agentligining mijozi sifatida qayd etilgan.

Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropa grandi safiga qaytishi mumkinligi muhokamada