Bolonya Pobegani Milan dan to'liq sotib olganini ma'lum qildi

Bolonya rasmiy sayti chorshanba kuni Tommazo Pobega endi jamoaning to'laqonli futbolchisiga aylanganini tasdiqladi. Qizil-ko'klar yarim himoyachini Milan dan sotib olish bo'yicha shartnomadagi opsiyadan foydalandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli futbolchi Bolonya bilan 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko'zda tutilgan.
Pobega Bolonya safida barcha musobaqalarda 55 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Italiya chempionatida Bolonya ayni paytda turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing