Kanchelskis PSJdagi Safonovning hozirgi holatini baholadi

Futbolchi sifatida nom qozongan Andrey Kanchelskis rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning “PSJ”dagi vaziyati haqida fikr bildirdi. Ayni paytda Safonov parijliklar safida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushmoqda va Lyuka Shevalye bilan raqobatda ustun kelayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kanchelskisning ta’kidlashicha, darvozabonlar uchun bosim doim yuqori bo‘ladi: bitta xato ham darhol ko‘zga tashlanadi. Shunga qaramay, u Safonovga omad tilab, jamoa ayrim uchrashuvlarda gol o‘tkazib yuborsa-da, Safonov bilan natija ijobiy chiqayotgani va unga bildirilgan ishonch o‘zini oqlayotganini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni kechqurun “PSJ” safarda “Monako”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ilk uchrashuvi bo‘ldi. Javob o‘yini Parijda chorshanba kuni, 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Matvey Safonov barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol o‘tkazib yuborgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!