Osimhen «Yuventus» ustidan g‘alabani juda jo‘shqin nishonladi

Turkiyaning «Galatasaray» klubi Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda Turin «Yuventus»ini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Istanbul jamoasi raqib darvozasiga besh gol urib, o‘z darvozasidan atigi ikki to‘p o‘tkazib yubordi. Viktor Osimhen bahs davomida eng faol futbolchilardan biri bo‘lib, gol ham urdi, jamoadoshlariga golli uzatmalar ham berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yindan so‘ng sobiq «Napoli» hujumchisi hissiyotlarini jilovlay olmadi: stadionning ichki yo‘laklarida quvonch ustida kichik shov-shuv ko‘tarib, yoritish uskunalaridan birini sindirib qo‘ydi. Yetkazilgan zarar esa klub tomonidan qoplab berilishi ma’lum qilindi.
Javob uchrashuvi bir haftadan keyin «Yuventus» maydonida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing