date

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini aytdi

Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Zhorzhe Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda ham u ro'yxatdan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, murabbiylar shtabi zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishni ma'qul ko'rgan. Bunga sabab — oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor.

Mutaxassis «Al Nassr Zone»ga bergan fikrida Ronalduning dam olishi yangilik emasligini ham ta'kidladi: avval ham u Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan ayrim o'yinlarda ishtirok etmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini aytdi