Fransiyada Golovinning qizil kartochkasi bo'yicha qaror chiqdi

Fransiyada «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning Liga 1 22-turida «Nant»ga qarshi o'yinda (3:1) maydondan chetlatilishi bilan bog'liq holat ko'rib chiqildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Intizom qo'mitasi yig'ilishida futbolchining jazosi og'irlashtirilmasligi ma'qullandi. Natijada, Golovin bir o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik yarim himoyachi avvalroq Chempionlar ligasi pley-offidagi «PSJ»ga qarshi ilk bahsda ham (2:3) qizil kartochka olgan edi.
Joriy mavsum Fransiya chempionatida 29 yoshli futbolchi 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing