date

Aleksey Nikitin Milan hozircha paradoks jamoa ekanini aytdi

Aleksey Nikitin Milan hozircha paradoks jamoa ekanini aytdi

Avvalroq «Ufa», «Rotor» va yana bir qator klublarda to‘p surgan himoyachi Aleksey Nikitin «Milan»ning so‘nggi natijalari haqida fikr bildirdi. Jamoa 18-fevral kuni «Como» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa-da, turnir jadvalining yuqori qismida qolishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nikitinning ta’kidlashicha, hozirgi «Milan» o‘yin ko‘rinishi jihatidan g‘alaba va ochkolarni muntazam olayotganiga qaramay, raqiblardan keskin ustun ko‘rinmaydi. U «Inter»ni misol qilib keltirib, «Milan» ko‘pincha maydonda hukmronlik qilmasligini, gollar esa ularga ancha qiyinchilik bilan kelayotganini qayd etdi.

Ayni paytda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa 25 o‘yindan keyin 54 ochko jamg‘argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksey Nikitin Milan hozircha paradoks jamoa ekanini aytdi