Di Mariya Argentinada tanqid ostida qoldi va mojarolar kuchaydi

Anxel di Mariya vataniga qaytdi va dastlab ijobiy natijalar ko'rsatdi, biroq oradan ko'p o'tmay u uchun og'ir davr boshlandi. Bu safargi muammo maydondagi o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar hamda muxlislar noroziligi bilan bog'liq: ular di Mariyani epizodlarda yiqilishni bo'rttirish va jarima zarbasi yoki penalti so'rashga urinishda ayblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda ham keskin fikrlar ko'paygan. Xususan, hozir "Rosario Sentr al" safida to'p surayotgan, avval "Manchester Yunayted" va "Real"da o'ynagan futbolchining harakatlari hakamlar tomonidan yetarlicha jazolanmayotgani yozilmoqda. Ayrimlar di Mariyani yulduz deb tan olgan holda, uning bunday uslubi muxlislarni charchatgani va penalti "tilanchiligi" maydondagi kurashga salbiy ta'sir qilayotganini ta'kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!