Chilavert Vinisius atrofidagi mojaroga izoh berdi

Paragvaylik sobiq darvozabon Xose Luis Chilavert "Benfika" – "Real" uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan navbatdagi irqchilik mojarosi haqida fikr bildirdi. U "Real" tarkibida ko‘plab qora tanli futbolchilar borligini eslatib, nega aynan Vinisius Junior doimiy ravishda muammolarga duch kelayotganini savol ostiga qo‘ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chilavert Radio Rivadavia efirida: "Real" futbolchilarining 90 foizi qora tanli. Nega ularda hech qachon muammo bo‘lmaydi-yu, Vinisiusda esa hamma bilan chiqadi?" – dedi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior "Benfika" futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilikda aybladi. Prestianni bu da’voni rad etmoqda. Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) holat bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan, agar haqoratlar tasdiqlansa, Prestianni 10 o‘yinga qadar diskvalifikatsiya kutishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!