Osimhen Galatasarayda o'zini baxtli his qilmoqda, ammo so'rovchilar bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi hayotidan mamnun va klubini o'zgartirish zarurati borligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti va o'yin uslubi ma'qul kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline manbasi yozishicha, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klublar Osimhenga qiziqish bildirishi mumkin. Biroq ayni paytda aniq takliflar, aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.
Qayd etilishicha, ehtimoliy transfer masalasi, avvalo, Osimhenning shaxsiy qaroriga bog'liq bo'ladi.
Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, 27 yoshli hujumchining bozor bahosi 75 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!