Slutskij boshqaruvidagi Shankhay Shenhua ACLda yana yutqazdi

"Shankhay Shenhua" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mosuvo bo'lgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Slutskij jamoasi uchun musobaqadagi so'nggi urinish, ya'ni turnir bilan "eshikni qars" yopib ketish imkoniyati edi, biroq bu reja amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning ilk bo'limidayoq "Buriram" ketma-ket ikki gol urdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta raqib darvozasini ishg'ol qildi. Oradan ko'p o'tmay "Shankhay Shenhua" bir o'yinchisini yo'qotib, kamchilikda qoldi va bu holat intriganing so'nishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijning "Shankhay Shenhua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!