date

Dibala Messi va Ronalduning eng katta o'xshashligini aytdi

Dibala Messi va Ronalduning eng katta o'xshashligini aytdi

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala faoliyati davomida ham Lionel Messi, ham Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p surgan. Futbolchi ikki afsonadan qaysi biri kuchliroq ekani haqidagi doimiy bahsga munosabat bildirib, aniq javob berishdan tiyildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dibalaning ta'kidlashicha, Messi va Ronaldu texnik jihatdan bir-biridan farq qiladi, biroq ruhiy tomondan juda o'xshash: ikkisida ham g'alaba uchun cheksiz ishtiyoq bor. Uning so'zlariga ko'ra, kuchli tomonlari turlicha bo'lsa-da, maydonda ikkalasi ham “haqiqiy yirtqich”dek kurashadi. Bu fikrlarni La Gazzetta dello Sport keltirdi.

Messi faoliyatida sakkiz marta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan, Ronaldu esa besh bor ushbu sovringa ega chiqqan. Hozir Messi “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda, Ronaldu esa “Al-Nasr” safida o'ynamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dibala Messi va Ronalduning eng katta o'xshashligini aytdi