Dibala Messi va Ronaldu o‘xshash jihatini aytdi

Paulo Dibala faoliyati davomida Lionel Messi bilan ham, Krishtianu Ronaldu bilan ham bir jamoada to‘p surgan. «Roma» hujumchisi futbol olamidagi doimiy bahs — qaysi biri kuchliroq — savoliga munosabat bildirib, aniq javob berishdan qochdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dibalaning ta’kidlashicha, Messi va Ronaldu texnika borasida bir-biridan farq qiladi, biroq mentalitet jihatidan juda o‘xshash: ikkisida ham g‘alaba uchun cheksiz chanqoqlik bor. Ularning kuchli tomonlari turlicha bo‘lsa-da, Dibala ikkisini ham maydonda «haqiqiy yirtqich» deb atadi. Futbolchining fikrlarini La Gazzetta dello Sport keltirdi.
Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida «Oltin to‘p»ni 8 marta qo‘lga kiritgan, Ronaldu esa 5 bor ushbu sovringa ega chiqqan. Hozir Messi «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda, Ronaldu esa «Al-Nasr» safida o‘ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!