Di Mariya Argentinada tanqid ostida qolib, simulyatsiyada ayblanmoqda

Anxel di Mariya vataniga qaytib, ilk ijobiy natijalardan keyin murakkab davrga duch keldi. Biroq gap uning o'yinidagi pasayishda emas — raqiblar va muxlislar tomonidan maydondagi harakatlari yuzasidan e'tirozlar ko'paymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatida «Rosario Sentrall» safida to'p surayotgan, avval «Manchester Yunayted» va «Real»da o'ynagan futbolchi haqida mahalliy forumlarda keskin fikrlar yangramoqda. Xususan, ayrimlar di Mariyani tez-tez yiqilib, jarima yoki penalti ishlatib olishga urinadi, deb hisoblayapti: «Nega uning hiylalariga hech qachon ogohlantirish berilmaydi?», «U yulduz, lekin bu ishlar joniga tegdi», «Bunday darajadagi futbolchining penalti so'rab yurishi achinarli» kabi izohlar muhokamalarda ko'p uchramoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!