Osimxen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo qiziqish bor

Hujumchi Viktor Osimxen hozircha “Galatasaray”dagi faoliyatidan mamnun va klubini o'zgartirish zaruratini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti ham, tarkibdagi roli ham yoqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimxenga jiddiy qiziqish bildirishi mumkin. Ayni paytda esa aniq takliflar, rasmiy aloqalar yoki muzokaralar yo'q.
Manbada ta'kidlanishicha, ehtimoliy transfer masalasida hal qiluvchi so'z baribir Osimxenning o'ziga tegishli bo'ladi.
Osimxen “Galatasaray” safida 64 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing