date

Osimxen Galatasaroyda baxtli, ammo grandlar ham kuzatmoqda

Osimxen Galatasaroyda baxtli, ammo grandlar ham kuzatmoqda

Hujumchi Viktor Osimxen hozircha «Galatasaroy»dagi hayotidan mamnun va klubini o'zgartirish zarurati bor deb hisoblamaydi. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhiti va uning ichidagi roli yoqayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, The Touchline yozishicha, yozgi transfer oynasi arafasida bir nechta top-klub Osimxenga qiziqish bildirishi mumkin. Biroq hozircha aniq takliflar, rasmiy aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.

Manbaga ko'ra, ehtimoliy transfer masalasida yakuniy kalit baribir futbolchining o'zi qo'lida bo'ladi — qaror Osimxenning xohishiga bog'liq.

Osimxen «Galatasaroy» safida 64 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimxen Galatasaroyda baxtli, ammo grandlar ham kuzatmoqda