Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini ma'lum qildi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini tushuntirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar Ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada yana safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu bellashuvda ham u qaydnomada bo‘lmaydi.
«Juda zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Ronalduga dam berilishi kutilmagan holat emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan ayrim uchrashuvlarda avval ham ishtirok etmagan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!