Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo qiziqish bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha Galatasaraydagi hayotidan mamnun va klubini almashtirish zarur deb hisoblamayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoaning muhit va o'yin uslubi ma'qul kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline manbasiga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga jiddiy e'tibor qaratishi mumkin. Biroq ayni paytda aniq takliflar, rasmiy aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.
Qayd etilishicha, ehtimoliy transferning taqdiri, avvalo, Osimhenning shaxsiy qaroriga bog'liq bo'ladi.
Osimhen Galatasaray safida 64 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va jamoadoshlariga 13 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!