Gavi Barselona safidagi mashg'ulotlarga qisman qaytdi

Yarim himoyachi Gavi yozdan beri “Barselona” safida maydonga tushmayapti. Futbolchi tizzasidagi muammo sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, tiklanish jarayonini boshlagan edi. Endilikda u jamoaga qaytish sari yana bir muhim qadam tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, juma kuni Gavi umumiy guruh mashg'ulotlarida qisman ishtirok eta boshladi. Bu juda ijobiy signal, biroq 21 yoshli хавбекning yaqin kunlarda maydonga qaytishini aytishga hali erta.
Gavi “Barselona”ning asosiy jamoasi tarkibida jami 155 o'yin o'tkazgan. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 10 ta gol va 18 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Hozirda “Barselona” La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing