date

Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin da'vogarlar bor

Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin da'vogarlar bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha Galatasaraydagi hayotidan mamnun va klubini almashtirishga ehtiyoj sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa muhit hamda o'yin uslubi yoqayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishi mumkin. Biroq hozircha aniq takliflar, rasmiy aloqalar yoki muzokaralar haqida gap yo'q.

Manbada ta'kidlanishicha, ehtimoliy transfer bo'yicha hal qiluvchi so'nggi qaror futbolchining o'ziga bog'liq bo'ladi.

Osimhen Galatasaray safida 64 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali 27 yoshli forvardning bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin da'vogarlar bor