Gavi maydonga qaytish sari navbatdagi qadamni tashladi

«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi yozdan beri jamoasiga yordam bera olmayapti. Futbolchi tizzasidagi muammo sabab operatsiya qildirib, shundan so‘ng tiklanish jarayonini boshlagan edi. Endilikda u asosiy tarkibga qaytishga tobora yaqinlashmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, juma kuni Gavi umumiy guruh mashg‘ulotlarida qisman qatnasha boshladi. Bu ijobiy ishora bo‘lsa-da, 21 yoshli хавbekning yaqin kunlarda darhol maydonga tushishini aytishga hali erta.
Gavi «Barselona»ning asosiy jamoasi safida jami 155 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlarda u 10 ta gol urib, 18 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Hozirda «Barselona» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing