date

Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo top-klublar kuzatmoqda

Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo top-klublar kuzatmoqda

Viktor Osimhen hozircha “Galatasaray”dagi faoliyatidan mamnun va klubini o'zgartirish zarurati borligini sezmayapti. Nigeriyalik hujumchiga jamoa muhiti ham, o'yin uslubi ham yoqayotgani qayd etiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhen atrofida qiziqish bildirishni ko'zlamoqda. Hozircha aniq takliflar, rasmiy aloqalar yoki muzokaralar boshlanganicha yo'q.

Manbada ta'kidlanishicha, ehtimoliy transfer bo'yicha hal qiluvchi omil — Osimhenning shaxsiy qarori bo'ladi.

Osimhen “Galatasaray” safida 64 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali 27 yoshli forvardning bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo top-klublar kuzatmoqda