Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentina klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor va yangi tandem oldida aynan shu vazifa turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng ko‘p gol urgan futbolchisi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing