date

Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin talab bor

Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin talab bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi muhitdan mamnun va klubini o'zgartirish zarurati borligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoa ham, uning ichki muhitiyam yoqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishni rejalashtirmoqda. Biroq hozircha aniq takliflar, rasmiy aloqalar yoki muzokaralar boshlanganicha yo'q.

Manbada ta'kidlanishicha, ehtimoliy transfer masalasi, avvalo, Osimhenning shaxsiy qaroriga bog'liq bo'ladi.

Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 52 ta gol urdi va 13 ta golli pas berdi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin talab bor