Al Nasr murabbiyi Ronalduning nima uchun dam olayotganini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o'yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgani haqida gap-so'zlar bor, biroq bu safar ham u ro'yxatda bo'lmaydi.
"Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berdik. Oldinda "Al-Fateh"ga qarshi juda muhim uchrashuv turibdi", — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Mutaxassis, Ronaldu Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan o'yinlarda vaqti-vaqti bilan ishtirok etmasligi yangilik emasligini ham qo'shimcha qildi.
Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!