Osimhen Galatasarayda o'zini yaxshi his qilmoqda, lekin talab bor

Hujumchi Viktor Osimhen hozircha «Galatasaray»dagi faoliyatidan mamnun va klubini o'zgartirish zarurati borligini sezmayapti. Nigeriyalik futbolchiga jamoaning ichki muhiti ham yoqayotgani ta'kidlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, The Touchline xabariga ko'ra, yozgi transfer oynasida bir nechta top-klub Osimhenga qiziqish bildirishi mumkin. Biroq hozircha aniq muzokara yoki rasmiy aloqalar haqida gap yo'q.
Qayd etilishicha, ehtimoliy transfer bo'yicha yakuniy qaror futbolchining o'ziga bog'liq bo'ladi.
Osimhen «Galatasaray» safida 64 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va hamkorlariga 13 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing