Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin “Shanghai Shenhua” pley-offga chiqish imkoniyatidan butunlay ayrilgandi. 8-turda “Buriram United”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat — hech bo‘lmasa munosib yakun yasash edi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida Tailand klubi foydasiga yakunlandi. “Buriram United” dastlabki bo‘limning boshidayoq ikkita gol urib, o‘yinni o‘z nazoratiga oldi, oradan ko‘p o‘tmay “Shanghai Shenhua” bir futbolchisi chetlatilib, intriga deyarli yo‘qoldi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanghai Shenhua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing