Karrager Bude-Glimtga nisbatan hurmatni oshirishga chaqirdi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Milan «Inter»iga qarshi o‘yindan keyin «Bude-Glimt»ning o‘yinidan hayratda qolganini aytdi. Norvegiya chempionati vakillari Chempionlar ligasi pley-offidagi ilk uchrashuvda A Seriya klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karragerning ta’kidlashicha, «Bude-Glimt» nomi bilan «Inter»ni yengish ilk qarashda kutilmagan sensatsiya bo‘lib tuyuladi. Biroq u o‘yinni ko‘rib, jamoaning qanday gollar urayotgani va futbolchilarning sifati yuqoriligini alohida qayd etdi hamda «Glimt» Chempionlar ligasi darajasidagi jamoa sifatida o‘ynayotganini aytib, ularga ko‘proq hurmat bilan qarash kerakligini bildirdi.
«Inter» va «Bude-Glimt» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!