Santuush Ronaldu 2026 yilgi JChda o'ynashi haqida gapirdi

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santuush Krishtianu Ronaldu hanuz jamoa uchun qanchalik muhim ekaniga to'xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oy boshida «An-Nasr» hujumchisi 41 yoshni qarshi oldi. OAVda esa tajribali yulduzning hozirgi holatida terma jamoaga qay darajada kerakligi borasidagi bahslar tinmayapti.
«Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatida asosiy tarkibda bo'lishi shartmi? Har bir murabbiyda o'z taktikasiga mos qarash bo'ladi. Agar Krishtianu yaxshi formada, eng yuqori konditsiyada bo'lsa, u aniq va tabiiy tanlovga aylanadi — uning professionalligiga hali ham shubha yo'q. U men bilan hech qachon faoliyatini yakunlash haqida gaplashmagan. Yakuniy qarorni o'zi qabul qiladi, lekin men uning ketishiga hali ancha bor, deb umid qilaman», — deya Santuushning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Ma'lumot uchun, Ronaldu 2026 yilgi JCh saralashida hozircha besh gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!